“Vatanga xizmat – oliy fazilat”

0
544

Samarqand shahrida joylashgan A. Pushkin nomidagi axborot kutubxona markazida “Vatanga xizmat – oliy fazilat” mavzusida seminar oʻtkazildi. Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi aʼzolari, faxriylar, axborot kutubxona markazi vakillari, Markaziy harbiy okrug boshqaruv aparati masʼul ofitserlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi harbiy boʻlim rahbari, Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassilar tayyorlash markazi kursantlari va oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.

Seminarda soʻz olganlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, shuningdek, jahon maydonida milliy Qurolli Kuchlarimiz nufuzini yanada oshirish, kasbiy mahorati yuqori darajada boʻlgan, harbiy va vatanparvarlik burchiga sodiq harbiy xizmatchilarni tarbiyalashning samarali mexanizmini yaratish boʻyicha keng koʻlamli tadbirlar amalga oshirilayotganligini eʼtirof etib oʻtdilar.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati