Xalqaro ilmiy onlayn-konferensiya

11

“Zamonaviy harbiy nizolar va ularning oldini olishning yo‘llari (olinadigan saboqlar kontekstida)” mavzusida Xalqaro ilmiy onlayn-konferensiya

2020 yilning 4-5 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT)  yordami bilan“Zamonaviy harbiy nizolar va ularning oldini olishning yo‘llari” mavzusida, har yili tashkillashtiriladigan Xalqaro ilmiy onlayn-konferensiya o‘tkazilmoqda. Konferensiya virtual sessiya shaklida o‘tkaziladi.

Konferensiyada bevosita QK Akademiyasida milliy ekspertlar, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan xalqaro tashkilotlarning vakillari va xorijiy davlatlarning harbiy attashelari ishtirok etadilar.

Xorijiy ekspertlar, munozaralarda videokonferens aloqa orqali ishtirok etishlari mumkin.

Konferensiya quyidagi mavzuviy seksiyalar ko‘rinishida o‘tkaziladi:

  1. Xavfsizlikni ta’minlash va urushlarni oldini olishdagi xalqaro sa’y-harakatlar;
  2. Zamonaviy harbiy mojarolar;
  3. Kiberxavfsizlik: tahdidlar va uni ta’minlashning zamonaviy yondashuvlari;
  4. Mintaqaviy hamkorlik – global xavfsizlikning asosidir.

Konferensiya o‘zbek, rus va ingliz tillarida, sinxron tarjimani yordamida o‘tkaziladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar va tadbir ishtirokchilarini ro‘yxatga olish elektron pochta orqali amalga oshiriladi.

Kontaktlar:

100023, Tashkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Parkent-2 ko‘chasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi,

Tel: (+998 71) 268-59-82

Faks: (+998 71) 268-02-70

E-mail: iarcafauzb@gmail.com

akaduz@yandex.ru

akaduz@umail.uz

Xalqaro ilmiy onlayn-konferentsiya dasturi