Qo‘mondonlikda bayram tadbiri

23

Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligida Vatanimiz mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan «Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!» shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Video-konferents-aloqa shaklida o‘tgan tantanali tadbirda so‘zga chiqqanlar Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, davlatimiz sarhadlari hamda muhim ob’ektlarini qo‘riqlashda harbiy xizmatchilarning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi.

Tadbirda Vatanni himoya qilishdek sharafli burchini sidqidildan ado etib, alohida o‘rnak va namuna ko‘rsatib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilar Mudofaa vazirligi hamda qo‘mondonlik tomonidan navbatdagi harbiy unvon, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Eng ulug‘, eng aziz ayyom arafasida taqdirlanganlar o‘zlarining bayramona tabrik so‘zlarini bildirdi.

– Bugun biz uchun qo‘shaloq bayram, – deydi qo‘mondonlik katta ofitseri mayor Sherzodjon Haydarov. – Boisi, mustaqilligimizning 29 yilligi shodiyonalari qalblarni bayram shukuhi bilan chulg‘ab olgan bo‘lsa, kamtarona xizmatlarimiz qo‘mondonlik tomonidan e’tirof etilib, munosib rag‘batlantirildi. Mana shunday farovon diyorda Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilish bizga chinakam g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

Dilshod RO‘ZIQULOV, Mudofaa vazirligi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti