Mustaqillik shodiyonasi harbiylarga quvonch va iftixor bag‘ishladi

24

Davlatimiz mustaqilligining 29 yilligi bayrami munosabati bilan Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlaridagi harbiy qism va muassasalar ishtirokida tantanali tadbir o‘tkazildi.

Onlayn tarzda o‘tgan mazkur tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Lutfullo Buzrukov so‘zga chiqib, barcha harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar xizmatchilari va faxriylarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Tadbirda istiqlol yillarida harbiy sohada amalga oshirilgan islohotlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda berilayotgan imtiyozlar xususida ham so‘z yuritildi.

Shundan so‘ng bayram munosabati bilan vazirlik va xalqaro miqyosda o‘tkazilgan turli ko‘rik-tanlovlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan, jangovar-xizmat faoliyatida muvaffaqiyatga erishgan hamda tashabbuskor va barchaga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilar davlat mukofoti, navbatdagi harbiy unvon va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati