“Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!”

0
1151

18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga 32 yil toʻlishi munosabati bilan Markaziy harbiy okrug hududi, yaʼni Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarida “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” shiori ostida bayram tadbirlari oʻtkazildi.

Xususan, koʻhna Samarqandda bayram shodiyonalari Registon maydonidan boshlanib, Koʻksaroy maydoniga qadar davlatimiz ramzini baland koʻtarib yurish bilan boshlandi.

Viloyatlar hokimliklari, okrug qoʻmondonligi va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tashkil etilgan tadbirlarda yurtdoshlarimiz koʻksiga sharaf lentalari qadalib, yoshlar qalbida ona Vatanga muhabbat va sadoqat fazilatlarini shakllantirish, davlat ramzlarining milliy davlatchiligimiz tarixi, bugungi mustaqil taraqqiyotimizda tutgan oʻrni va qadr-qimmatini yuksaltirishga qaratilgan keng qamrovli vatanparvarlik tadbirlari tashkil etildi.

Bu borada Jizzax shahrida ham keng qamrovli festivallar va parad tashkil etilib unda 3000 dan ortiq yurtdoshimiz ishtirok etishdi. 

Navoiy shahrining markaziy koʻchalari boʻylab esa “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” shiori ostida oʻtkazilgan bayram shodiyonalarida faxriy qorovul tomonidan ulkan bayroq olib o‘tildi. 

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati