Andijonda harbiy xizmatchilar uchun yangi uylar bayram tuhfasi bo‘ldi

16

Yurtimizda mustaqilligimizning 29 yillik bayrami munosabati bilan “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida qator uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va davra suhbatlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Bayram shukuh kezib yurgan shu kunlarda Sharqiy harbiy okrugda ham ko‘pgina qiziqarli tadbirlar tashkil etilyapti. Jumladan, Andijon shahrida harbiy xizmatchilar uchun 3 ta 5 qavatli, 90 ta xonadondan iborat yangi uylar qurib bitkazildi va yurt o‘g‘lonlariga tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur uylarni topshirish tadbirida Andijon viloyati hokimi – viloyat harbiy ma’muriy sektor rahbari Shuhrat Abduraxmonov, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o‘rinbosari polkovnik Alisher Narbaev, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Lutfullo Buzrukov, Andijon harbiy prokurori podpolkovnik Dilmurod Hamroev va viloyatning jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

So‘zga chiqqan mehmonlar mustaqilligimizning 29 yilligi bayrami arafasida topshirilgan yangi uylar yurt posbonlariga munosib sovg‘a bo‘lganini ta’kidlashdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati