Oiladagi halovat va yaqinlari holidan xotirjamlik harbiyni shijoatlantiradi

40

Harbiy xizmatchining jangovar salohiyati, jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarida o‘z professionallik darajasini oshirib borishi hamda xizmatga bo‘lgan munosabatiga uning axloqiy-ruhiy holati katta ta’sir ko‘rsatadi.

Sharqiy harbiy okrugning So‘x garnizonida axloqiy-ruhiy tayyorgarlik kuni doirasida qator tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Bunday tadbirlar davomida yurt o‘g‘lonlarining oilaviy sharoitlari va muammolari ham o‘rganib chiqilyapti. Harbiy xizmatchilarning oila azolari bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularga harbiy xizmatchining xizmat faoliyatida hamda uning axloqiy-ruhiy holatining doimo a’lo darajada bo‘lishida oilaning vazifalari tushuntirilmoqda.

Tashrif amalga oshirilgan xonadonlarda dezinfektsiya ishlari ham o‘tkazilib, suhbatlar karantin qoidalari asosida amalga oshirilyapti.

 

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati