Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida

10

Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida, Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligiga qarashli Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumanida joylashgan harbiy qismda viloyat huquq-tartibot organlari vakillari ishtirokida profilaktik mashgʻulot boʻlib oʻtdi.

Mashgʻulotda Buxoro harbiy prokuraturasi, harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi va davlat avtomobil nazorati xizmati vakillari ishtirok etdilar. Mutaxassislar tomonidan yoʻl harakati qoidalariga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar, fuqarolar tomonidan sodir etilayotgan qoidabuzarliklar xususida soʻz yuritilib, tahliliy maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida harbiy xizmatchilar bukmekerlik idoralariga onlayn obuna boʻlmasliklari kerakligi toʻgʻrisida ogohlantirildilar.

Yurt posbonlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Mashgʻulot yakunida mavzuga oid hujjatli filmlar namoyish qilindi.

Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligi matbuot xizmati