Yoz – oʻtmoqda soz!

8

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar farzandlarining bir guruhi Termiz shahrida joylashgan “Amudaryo” bolalar oromgohida oʻz dam olish vaqtlarini unumli oʻtkazishmoqda.

Bu oromgoh 2017-yil davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan ochilgan boʻlib, 200 oʻringa moʻljallangan. Unda bugungi zamon talablari darajasidagi barcha shart-sharoitlar bor. Har bir toʻgarak xonalari kompyuter jamlanmasi va videoproyektor jamlanmalari bilan jihozlangan.

“Yoz – 2020” mavsumining birinchi navbatida asosan iqtidorli oʻquvchilar va Vatanimiz sarhadlarini himoya qilayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlari dam olmoqdalar. Ularning intellektual salohiyatini yana-da oshirish maqsadida oromgohda 12 xil toʻgarak faoliyat yuritmoqda. Bolalarning salomatligini saqlash uchun barcha sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilgan holda faoliyat yuritib kelmoqdamiz, – deydi oromgoh direktori Shohida Xoliyeva.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati