Muhim sanada ustozlarga ehtirom koʻrsatildi

8

Sharqiy harbiy okrugning Andijon garnizonidagi harbiy qismlardan biri uchun bugun alohida eʼtiborga molik kun. Chunki aynan shu bugungi sanada harbiy qism tashkil etilgan.

Ushbu sana munosabati bilan harbiy qismda tantanali miting boʻlib oʻtdi. Mitingdan soʻng harbiy qismda tashkil etilgan ustozlar burchagi hamda harbiy xizmatchilar togʻli toʻsiqlardan oʻtish texnikasi yoʻlagining ochilish marosimi tadbirlari oʻtkazildi.

Tadbir munosabati bilan tashkillashtirilgan bayram dasturida harbiy qismda xizmat burchini oʻtagan faxriylar, jamoat tashkilotlari vakillari hamda yoshlar ishtirok etishdi. Qism komandiri yigʻilganlarni bayram bilan muborakbod etib, Vatan himoyasi uchun bel bogʻlagan barchaga bu muqaddas vazifani bajarishda muvaffaqiyatlar tiladi.

Ustozlar burchagi hamda togʻli toʻsiqlardan oʻtish texnikasi yoʻlagining ochilishi yurt oʻgʻlonlarida oʻzlariga bildirilgan ishonch va masʼuliyatni yana-da oshirishga zamin yaratadi. Faxriy harbiylarga bu tarzda eʼtibor qaratilishi yosh avlodning jangovar burchini ado etishi va ustozlarga boʻlgan ehtiromining timsolidir.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati