Harbiy qismda uch avlodni birlashtirgan tadbir o‘tkazildi

0
640

Mudofaa vazirligiga qarashli Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi harbiy qismda “Keksalar haftaligi” doirasida qator tadbirlar boʻlib oʻtdi. Ularda tuman “Nuroniylar” uyushmasi, Yoshlar ittifoqi mahalliy Kengashi, mudofaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamda maktab va maktabgacha taʼlimi boʻlimi vakillari ishtirok etdi.

Dastlab harbiy qismga tashrif buyurgan mehmonlar yurt oʻgʻlonlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, harbiy qism sport majmuasida nuroniylar, yoshlar va harbiylar ishtirokida sportning shaxmat-shashka, stol tennis hamda kamondan oʻq otish boʻyicha doʻstona musobaqalar boʻlib oʻtdi.

Tadbir harbiy qism madaniyat markazida davom etib, soʻzga chiqqan mehnat faxriylari oʻzlarining ulkan hayotiy tajribalari va mehnat faoliyati bilan oʻrtoqlashdi. Shundan soʻng uch avlod ishtirokida “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etilgani tadbirga oʻzgacha kayfiyat baxsh etdi.

Tadbir soʻnggida tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan keksa avlod vakillari tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.