Toshkentda “Qahramonlar nomi barhayot” yodgorlik majmuasi tashkil etiladi

0
965

Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari nomlarini abadiylashtirish, ularning jasoratini xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tutash hududda “Qahramonlar nomi barhayot” nomli yodgorlik majmuasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Shu munosabat bilan Mustaqillik yillarida qurolli to‘qnashuvlar ro‘y bergan joylarni tasvirlash, mardlik va jasorat ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarning vatanparvarligi va sadoqatini ochib beruvchi kompozitsiyalar hamda arxitektura loyihalarini qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.
Tanlov Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-sentabrdagi 488-son qarorida belgilangan shartlar asosida o‘tkaziladi.

Tanlov g‘oliblari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin — 100 million so‘m;
  • 2-o‘rin — 75 million so‘m;
  • 3-o‘rin — 50 million so‘m.

Murojaat uchun telefon: 71 232-17-66