Pandemiyaga qarshi dezinfeksiya tadbirlari davom etmoqda

3

“Covid-19” koronavirus pandemiyasi tufayli respublikamizda amal qilayotgan karantin sababli harbiylar va hamkor tashkilotlar tomonidan aholi yashash punktlarini dezinfeksiya qilish ishlari davom etmoqda.

Kuni kecha Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon shahrida koronavirus pandemiyasiga qarshi tadbirlar olib borildi. Unga Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlarining radiatsion, kimyoviy biologik muhofaza boʻlinmalari hamkorlikdagi kuch tuzilmalari bilan birgalikda ishtirok etdi.

Harbiy xizmatchilar maxsus texnikalar yordamida Uchqoʻrgʻon shahrining barcha koʻchalari, bozor va savdo doʻkonlari, davlat idoralari, koʻp qavatli uylar hamda aholi koʻp yigʻiladigan jami 1103 obyektlarni dezinfeksiya qildilar. Buning natijasida shahardagi umumiy 1 334 000 kvadrat metr maydon dezinfeksiya qilindi.

Bu kabi dezinfeksiya tadbirlari Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida kuniga ikki marta muntazam ravishda oʻtkazilmoqda. Taʼkidlash oʻrinliki, pandemiya sharoitida aholi salomatligi yoʻlida harbiylar kunu-tun samarali xizmat qilmoqdalar.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati