Qoʻmondon “Jasorat maktabi” yoshlari bilan uchrashdi

0
1654

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Buxoro garnizonida joylashgan harbiy qismlarning birida “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik yigʻini yuqori saviyada oʻtkazilmoqda.

Okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Zaynobiddin Iminov yigʻinda jam boʻlgan yoshlar bilan uchrashish, ularning orzu-istaklarini tinglash hamda yuksak marralarga intilishda ruhiy quvvat berish maqsadida “Buxoro” umumqoʻshin poligoniga tashrif buyurdi.

Dastlab, har bitta yosh bilan alohida tanishib, kelajakdagi maqsadi haqida soʻragan qoʻmondon, inson oldiga yuksak marra qoʻyib, intilsagina hayotda oʻz oʻrnini topa olishini taʻkidladi. Bosib oʻtgan harbiy hayot yoʻli haqida soʻzlab bergani yoshlar uchun namuna boʻlishi tabiiy.

Oʻz navbatida yigʻin ishtirokchilari ham harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlarning aʻlo darajada ekanidan hayratda qolganliklarini aytdilar. Sermazmun uchrashuv zamon talablariga toʻliq javob beradigan qism kutubxonasida davom etdi. Samimiy suhbatlar chogʻida yigʻin ishtirokchilari ham oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Avvalo, harbiy xizmatchi, general boʻlish, minglab yurt himoyachilariga qoʻmondonlik qilish uchun qanday taʻlim olish zarurligini soʻrayotgan oʻsmirlarni kuzatib, ular dilidagi Vatan himoyachisi boʻlish istagi maqsadga aylanganini sezish mumkin.