“Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni sohiblari safida Mudofaa vazirligi ofitseri ham bor

3

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi binosida milliy maʼnaviyat, madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlar negizida yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuygʻusini va mehnatsevarlik fazilatlarini oʻzida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obroʻsi, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib namuna koʻrsatayotgan bir guruh yoshlarga “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishonini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda qator vazirlik va idoralar masʼul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Koʻtarinki ruhda oʻtgan tadbirda jami 41 nafar yoshlar mukofotlandi. Ular orasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi harbiy qismlardagi boshlangʻich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Otabek Yuldashev ham bor.

– Judayam xursandman. Hayajonimni soʻz bilan taʼriflab berolmayman, – deydi podpolkovnik Otabek Yuldashev. – Bugungi kun hayotimda yorqin lahzalarni inʼom qilgani bilan butun umrga xotiramga muhrlanadi. Bu eʼtirof, ishonch degani. Shunday ekan, menga bildirilgan bu yuksak ishonchni sharaf bilan oqlashga vaʼda beraman!

Mayor Gulnora HOJIMURODOVA, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti