Ustoz-shogird anʼanasi yosh harbiy uchuvchilarga muhim hayotiy qoʻllanma boʻlyapti

6

Ustoz-shogird anʼanasi Chirchiq shahrida joylashgan Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qismda ham oʻz ijobiy samarasini bermoqda. Koʻp yillik xizmat tajribasiga ega harbiy uchuvchilar yosh ofitserlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish davomida ularga oʻzlarining bilim va koʻnikmalarini oʻrgatib kelishmoqda. Shuningdek, harbiy qismda Oʻzbekiston oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining 2- va 3-bosqich kursantlari ham amaliyot oʻtab, uchish tayyorgarligi mashgʻulotlarida ishtirok etyapti.

Ustoz uchuvchilardan podpolkovniklar Rahimjon Irgashev, Muhammadali Yodgorov, Shodmon Nurillayev, Elmurod Tulibayev, mayorlar Jamshid Rajabov va Dilshod Muhiddinov yosh uchuvchilarni tayyorlash hamda oʻrgatish jarayonida ularning nafaqat kasbiy bilim va malakasini, balki vatanparvarlik tarbiyasini ham mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasining havo sarhadlarini qoʻriqlashda yuksak hushyorlik va fidoyilik koʻrsatish borasida qimmatli yoʻl-yoʻriq va tavsiyalarini berib kelmoqda.

Kapitan Nuriddin Samidov, harbiy qism eskadrilya komandirining oʻrinbosari