Chirchiqda kursantlar oʻrtasida jamoaviy sport musobaqalari oʻtkazildi

7

Mamlakatimiz boʻylab davom etayotgan “Yoshlar oyligi” munosabati bilan Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida “Sport – sogʻlik garovi” shiori ostida jamoaviy sport musobaqalari oʻtkazildi.

Sportning futbol, voleybol, arqon tortish kabi musobaqalarida bilim yurti kursantlar batalyonlari oʻzaro kuch sinashdilar.

Yakunda barcha shartlar boʻyicha raqiblaridan ustun kelgan 4 kurs kursantlar batalyoni gʻolib, deb topildi.

Ikkinchi oʻrin 2 kurs kursantlariga, uchinchi oʻrin esa 3 kurs kursantlariga nasib etdi.

Ilgʻorlar bilim yurti rahbariyati tomonidan Faxriy yorliqlar bilan ragʻbatlantirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti