Yongʻin xavfsizligini taʼminlashga doir profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

0
752

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining tegishli buyrugʻiga muvofiq, Mudofaa vazirligiga qarashli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tumanida joylashgan harbiy qismlarning birida “2023-yilning kuz-qish mavsumida yongʻin xavfsizligini taʼminlash” shiori ostida yongʻin-profilaktika tadbiri oʻtkazildi.

Ushbu tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad, harbiy qismlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va betalafot oʻtkazish, energetika hamda gaz tizimini barqaror ishlashini taʼminlash hisoblanadi.

Dastlab harbiy qismlarda elektr energiyasi hamda gaz resurslarni yetkazib berishda sodir boʻlishi mumkun boʻlgan yongʻinlarni oldini olish boʻyicha nazariy va amaliy profilaktik koʻriklar oʻtkazildi. Tadbirning nazariy qismida esa harbiy qism maʼnaviyat va maʼrifat sinfida yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari, yongʻindan xabar berish tizimlari to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilarning yongʻin xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisida umumiy bilim va tushunchalari sinovdan oʻtkazildi.

Bu kabi oʻtkaziladigan profilaktik tadbirlar, favqullodda salbiy holatlarning oldini olishga, yongʻin xavfsizligi boʻyicha harbiy xizmatchilarning bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.