Harbiy qismlarda hashar oʻtkazilmoqda

7

“Hashar – elga yarashar” degan maqol bejiz aytilmagan. Hasharda xalqimizga xos bagʻrikenglik, oʻzaro hamjihatlik, oʻzlari istiqomat qiladigan turar joylarini obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik va hamjihatlik bilan amalga oshiriladi.

Fargʻona, Andijon va Namangan garnizonlaridagi harbiy qism va muassasalarida har hafta hududlarni tozalash, tartibga keltirish ishlari olib boriladi.

Jumladan, bugun ham Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlarining barcha harbiy qism va muassasalari hududlarida, harbiy shaharchalarda harbiy xizmatchilar va va ularning oila aʼzolari tomonidan obodonlashtirish va hududlarni chiqindilardan tozalash ishlari oborilmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati