Harbiy xizmatchilar bilan profilaktik davra suhbati tashkil etildi

0
848

Toshkent harbiy okrugida harbiy xizmatchilar bilan “Har qanday qimor — bu tuzoq” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Milliy urf-odatlarimiz va mentalitetimizga, shuningdek, diniy qarashlarimizga yot boʻlgan qimor oʻyinlarini noqonuniy ravishda tashkil etish holatlari, ayniqsa, onlayn tarzda ommalashib, oʻsmir va yoshlarni oʻz domiga tortayotgani achinarli holatlardan biridir. Hattoki, bunday oʻyinlarda koʻp miqdoridagi pulini yutqazib qoʻyib, oxir-oqibat oʻz joniga qasd qilish yoki yutqazib qoʻygan pulini toʻlash uchun jinoyat sodir qilish holatlari ham yuz bermoqda.

Taʼkidlash joizki, bugungi kunda respublikamizda totalizator va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish va albatta, bunday xizmatlarni reklama qilish noqonuniy hisoblanadi.

Harbiy xizmatchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ham bu kabi onlayn qimor o‘yinlariga berilmaslik, ularning fojiali oqibatlari haqida fikr bildirildi.

Ta’kidlash kerakki, harbiy xizmatchilarning ogohligini oshirish, davlatning bu boradagi nazoratini kuchaytirish hamda komandir va boshliqlar tomonidan oʻz qoʻl ostidagi boʻysinuvchilarining boʻsh vaqtlaridan unumli foydalanishi ustidan muntazam nazorat olib borishi yuqoridagi kabi salbiy illatlar tarqalishiga chek qo‘yadi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati