Harbiylar – qasamyodiga sodiq oʻgʻlonlar

44

Professional armiyamizda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarimizning asosiy vazifalari yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashdan iborat. Mazkur ustuvor vazifani taʼminlash yoʻlida harbiylarimiz kun-u tun fidoyilik va matonat koʻrsatishadi.

Har bir harbiy xizmatchi oʻz xizmat vazifasini Umumharbiy nizomlar talablari asosida oʻtaydi. Ushbu nizom har bir harbiy xizmatchining majburiyatlari va huquqlarini ham koʻrsatib beruvchi hujjat hisoblanadi.

Nizom qoidalariga koʻra harbiy xizmat oʻtayotgan muayyan harbiy xizmatchi maʼlum vaqtlarda ichki xizmat nizomining tegishli bandlariga asosan tegishli vazifalarga tayinlanadi. Bu jarayon harbiy qism navbatchisi tomonidan nazoratga olinadi. Bundan oldin albatta, harbiy xizmatchining salomatligi, axloqiy-ruhiy, maʼnaviy hamda jismoniy holatlari koʻzdan kechirilib, ularga kerakli yoʻriqnomalar beriladi. Albatta, ichki tartib va karantin qoidalariga rioya qilgan holda.

Yana bir jihatni taʼkidlab oʻtish lozimki, xizmat vazifasiga tayyorlov jarayonida harbiy xizmatchining sogʻligi, maʼnaviy va ruhiy tayyorgarligi eʼtiborga olingan holda vazifaga tavsiya etiladi.

Yurt himoyachilarining oʻz vazifalarini sidqidildan, ogʻishmay, sifatli va fidoyilik ila ado etishlari ularning ichgan qasamyodiga sodiqligidan dalolatdir.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati