Markazda aloqa va axborotlashtirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

0
781

18-noyabr kuni Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida “Qurolli Kuchlarda zamonaviy aloqa va axborotlashtirish vositalarining o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada Markaziy harbiy okrug mas’ul ofitserlari, aloqa va axborotlashtirish sikllari vakillari, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti professor-o‘qituvchilari hamda boshqa oliy harbiy bilim yurtlaridan kelgan soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Soha mutaxassislari o‘z ma’ruzalarida zamonaviy aloqa va axborotlashtirish vositalarini jangda qo‘llash, turli xil sharoitlarda boshqaruvni tashkillashtirish borasida atroflicha to‘xtaldi. Shundan so‘ng kun tartibiga qo‘yilgan barcha o‘quv savollariga javob izlanib, asosli takliflar ko‘rib chiqildi. Konferensiya qiziqarli savol-javoblar orqali interfaol usulda o‘tkazildi.

Shuningdek, konferensiyaning amaliy qismida Mudofaa vazirligi tasarrufidagi qo‘shinlarda qo‘llanilayotgan zamonaviy aloqa vositalari ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Tadbirda faol ishtirok etgan harbiy xizmatchilar faxriy yorliq va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Kichik serjant Xayrullo O‘LMASOV, Mudofaa vazirligi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti