“Baxshichilik va folklor qoʻshiqlari” koʻrik-tanlovining okrug bosqichi oʻtkazildi

0
740

Markaziy harbiy okrugning Madaniyat va maʼrifat markazida Mudofaa vazirligi miqyosida an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan “Baxshichilik va folklor qoʻshiqlari” koʻrik-tanlovini okrug bosqichi boʻlib oʻtdi.

Ulugʻ ajdodlarning nodir merosi, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur oʻrganish va targʻib etishga qaratilgan ushbu tanlovda okrug tasarrufidagi barcha garnizonlardagi harbiy qism va muassasalardan sanʼatga oshno boʻlgan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Darhaqiqat, xalq ogʻzaki ijodi — xalqning maʼnaviy xazinasi. Bu boylikni asrab-avaylash, rivojlantirish avlodlar burchidir. Buning uchun, eng avvalo, sanʼatga, adabiyotga zamin boʻlgan xalqimizning qadim mifologik tasavvurlarini, baxshichilik sanʼatini yaxshi oʻrganish, tadqiq etish lozim.

Oʻtkazilgan mazkur koʻrik-tanlovda ishtirokchilar yakka va jamoaviy bahslarda milliy sanʼatimiz hamda qadriyatlarimizni isteʼdodi va salohiyati orqali namoyon etdi.

Yakunda gʻolib hamda sovrindorlarga okrug qoʻmondonligining diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati