Qashqadaryo va Jizzaxning olis hududlarida vatanparvarlik festivallari boʻlib oʻtmoqda

0
1080

Qashqadaryo viloyati markazidan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan Talimarjon shaharchasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligiga bagʻishlab “Yangi hayot uchun, Yangi Ozbekiston uchun” shiori ostida vatanparvarlik festivali boʻlib oʻtdi.

Hudud aholisini bir joyga toʻplagan ushbu tadbirda Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug harbiy xizmatchilari, Talimarjon shahar hokimligi, Nishon tumani Mudofaa ishlari boʻlimi hamda tumandagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Qarshi garnizoni va Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti harbiy orkestr jamoasining ezgulikni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlari, Nuriston garnizonidagi harbiy qism faxriy qorovul, isteʼdodli yoshlarning chiqishlari hamda sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan ijod mahsullari yigʻilganlarning kayfiyatini yuqori darajaga koʻtardi.

Shuningdek, Shahrisabz tumanidagi “Ommagʻon” qishlogʻida ham shu kabi bayram tadbirlari oʻtkazildi.

Bundan tashqari, Jizzax garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan Gʻallaorol tumanining olis hududlarida biri boʻlgan “Gulchambar” MFYda “Yangi hayot uchum Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi.

Festival doirasida faxriy qorovulni koʻrgazmali saf chiqishlari va qoʻl jangi sahnasini namoyish etilgani yoshlarda milliy armiyamiz bilan faxr kabi hislarini uygʻotgan boʻlsa, ajab emas.