Mustahkam ijtimoiy himoya – doimiy eʼtiborda

1

Harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ijtimoiy himoyasini mustahkamlash borasida Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligiga qarashli Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumanida joylashgan harbiy qismida ham keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, yurt himoyachilari oilalarining kundalik ehtiyojlarini qondirish maqsadida, harbiy qismda muntazam ravishda oziq-ovqat yarmarkalari tashkil qilinadi.

Navbatdagi yarmarkada ham 16 turdagi oziq va nooziq ovqat mahsulotlari hamda gigiyenik vositalar hamyonbop narxlarda taqdim etildi.

Arzon va sifatli mahsulotlarni xizmatdan uzoqlashmagan holda sotib olish imkoni yaratilgani esa, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga manzur boʻlmoqda.

Ayniqsa, bugun yurtimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash olib borilayotgan bir paytda, bu kabi gʻamxoʻrlikning oʻrni beqiyos ekani xaridorlar tomonidan alohida eʼtirof etildi.

Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligi matbuot xizmati