Harbiy xizmatchilar ehtiyojmand oilalarga moddiy va maʼnaviy koʻmak koʻrsatishmoqda

1

Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligiga qarashli Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida joylashgan harbiy qism shaxsiy tarkibi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi “Boʻston”, “Tinchlik” va “Sardoba” mahalla fuqarolari yigʻinlarida istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand 50 nafar oilalarning holidan xabar olinib, ularga 14 turdagi birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Shuningdek, tashrif davomida harbiy qismning shtatdan tashqari guruhi tomonidan koronavirus kasalligiga qarshi dezinfeksiya tadbirlari ham amalga oshirildi.

Quvonarlisi, harbiy akalarini koʻrib xonadonlardagi bolajonlarning koʻzlarida oʻzgacha oʻt chaqnab, qalblarida harbiylikka boʻlgan havas yana-da ortdi.

Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligi matbuot xizmati