Ertamiz davomchilari uchun kelajakka qoʻsh qanot

1

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-3726-son qaroriga muvofiq Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlarida xizmat qilayotgan 100 nafar, shuningdek, xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan, yaradorlik yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan 19 nafar harbiy xizmatchilarning farzandlariga kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar ajratilgan edi.

Fargʻona garnizonidagi harbiy qismlarning birida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarga farzandlari oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishlarida qoʻshimcha imtiyoz beradigan tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.

Farzandlariga berilgan imtiyozli tavsiyanomani qabul qilib olgan harbiylarimiz, yuksak eʼtibor ertamiz davomchilarining kelajakda yuqori marralarni zabt etishlarida qoʻsh qanot vazifasini oʻtashini eʼtirof etishdi.

Harbiy okrug hududida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalarni oʻz egalariga harbiy qism qoʻmondonligi hamda mudofaa ishlari boshqarmalari vakillari tomonidan tantanali ravishda topshirish tadbirlari davom etmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati