Kelajak egalari yuksak eʼtibordan mamnun

1

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Surxondaryo viloyatida joylashgan harbiy qismlarning birida bir guruh harbiy xizmatchilarning farzandlariga oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishlarida qoʻshimcha imtiyoz beradigan tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda harbiy okrug qoʻshinlarida xizmat qilayotgan 14 nafar harbiy xizmatchilarning farzandlari shunday tavsiyanomalar bilan taqdirlandilar.

Shu kuni yoshlarning davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan bunday eʼtibor tufayli dillari quvonch va shodlikka toʻldi. Bu esa albatta ularning kelajakda yuqori marralarni zabd etishlarida koʻmakchi vazifasini oʻtaydi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati