Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasi boshligʻi “Telegram” orqali murojaatlarni qabul qiladi

521

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining “Telegram”dagi @Qurolli_Kuchlar_Akademiyasi_bot nomli rasmiy botini ishga tushgan boʻlib, fuqarolar oʻzining murojaatlarini ushbu manzilga yuborishi mumkin.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi akademiya-mudofaa.uz manzili boʻyicha rasmiy saytini ishga tushirdi.

Veb-sayt Qurolli Kuchlar Akademiyasi faoliyati ochiqligini taʼminlab, taʼlim muassasa hayotiga bogʻliq tadbirlar va hodisalarni tezkorlik bilan yoritish, shuningdek, jamoatchilik bilan aloqalarni yaxshilashga xizmat qiladi.

Saytda akademiya rahbariyati, uning tuzilmasi va tarixi haqidagi axborotlar, boʻsh ish oʻrinlari, harbiy-ilmiy ishlar haqida batafsil maʼlumotlar bilan tanishish mumkin.

Ayni vaqtda mazkur sayt sinov rejimida faoliyat koʻrsatmoqda.

Qurolli Kuchlar akademiyasiga ekskursiya uyushtirishni istagan oʻquvchi yoshlar guruhlari uchun ham yangi imkoniyat paydo boʻldi. Endi tashrif buyuruvchilarning arizalari “Telegram” kanali hamda saytdagi elektron manzillar orqali qabul qilinadi.

Taʼkidlash joizki, oʻtgan yillar davomida eng yopiq deb hisoblanib kelgan Mudofaa vazirligi 2017-yilda mudofaa.uz rasmiy veb-saytini, 2018-yilda esa “Telegram”da https://t.me/mudofaa_press kanali hamda ommabop ijtimoiy tarmoq hisoblangan “Facebook”da “Mudofaa_Press” rasmiy sahifani ishga tushirdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati