Aholiga ijtimoiy va psixologik koʻmak koʻrsatilmoqda

16

irdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidan evakuatsiya kilingan oilalardan biri qiyin ahvolda ekanligini aytib yordam soʻragan edi.

Ushbu oilaning taʼminot boʻyicha muammolari Sharqiy harbiy okrug harbiy xizmatchilari tomonidan oʻrganilib, amaliy yordam berildi.

Ushbu qilingan amaliy yordamlardan minnatdor boʻlgan aholi harbiy xxizmatchilarga oʻz minnatdorchiligini bildirishdi.

Shu bilan birga, Sharqiy harbiy okrug harbiy psixologlari va “Yoshlar ittifoqi” viloyat kengashi vakillari hamkorlikda aholi, yosh bolalar hamda oliy oʻquv yurtlariga kirish istagini bildirgan nomzodlarga tavsiyalar, maslahatlar berib, ularga kerakli adabiyotlar tarqatishdi.

– Bunday psixologik ishlar aholining barcha qatlamlari orasida oʻtkazilib, ularga manzur boʻlmoqda, – deydi harbiy okrug harbiy psixologi mayor Temur Tilavov.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati