Halovat va osoyishtaligim maskani – oilam

5

Oila jamiyatning asosiy tayanchi sanaladi. Kuchli davlatning mustahkam poydevori ham oiladir. Yurtimiz taraqqiyoti oilalar farovonligi, unda voyaga yetayotgan farzandlarning sogʻlom va barkamolligiga bogʻliq.

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan qaratilayotgan eʼtibor sabab namunali oilalar safi yil sayin kengayib bormoqda. Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Surxondaryo viloyati hududida joylashgan harbiy qismlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar oilalari ichida ham ibratlilari koʻp.

Ana shunday harbiy xizmatchilardan biri Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida xizmat qilayotgan I darajali serjant Abdulla Tursunov oilasidir. Turmush oʻrtogʻi Dilfuza Qulbulova hozirgi kunda chevarlik bilan mashgʻul. U bundan tashqari oilasi uchun vaqt ajaratib, farzandlarining onlayn darslarda faol ishtirok etishida mexribon ona vazifasini sidqidildan bajarib kelmoqda.

Oqibatli, mehrli boʻlgan ota-onalarning farzandlari ham bir-biriga mehr oqibatli boʻladi va albatta, bunday oilalarda ulgʻaygan farzandlari jamiyat taraqqiyoti uchun ham xizmat qiladigan oʻgʻil qizlar boʻlib ulgʻayadi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati