Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash – ustuvor vazifa

5

Yurtimizda oʻsib kelayotgan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hududlarda bu boʻyicha muzeylar, bogʻlar va xotira maydonlari barpo etilyapti. Buxoro viloyati, Jondor tumani markazida ham ana shunday maskanlardan birining qurilish ishlari boshlab yuborilgan.

Buni tumanda barpo etilayotgan Mahmud Torobiy nomli “Vatanparvar” bogʻidagi taʼmirlash ishlarida ham koʻrish mumkin. Ayni kunlarda bu yerda jadal suratlarda qurilish va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Bu ishlarda osoyishtaligimiz posbonlari ham faol jonbozlik koʻrsatyapti. Yaqin kunlarda bogʻning ochilishi rejalashtirilgan.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati