Surxondaryoda “Koʻpkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi

0
992

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug, Surxondaryo viloyat hokimligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi, bir qator davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligida “Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostidagi “Koʻpkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining Surxondaryo viloyati bosqichi tashkil etildi.

Viloyatning barcha tuman shahar bosqichlarida tashkil etilgan ushbu “Koʻpkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasida 50 ta jamoa qatnashib gʻoliblikni qoʻlga kiritgan mard, jasur va shijoatli yoshlardan tuzilgan 15 ta jamoa viloyat bosqichida tezkor savol-javob, “AKM” avtomatini qismlarga ajratish va yigʻish, kamondan oʻq otish, harbiy biatlon, arqon tortish shartlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashdi.

Sport musobaqasining viloyat bosqichi Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda boʻlib oʻtdi. Murosasiz kechgan musobaqaning yakuniy natijalari quyidagicha koʻrinish oldi:

  • 1-oʻrin — Oltinsoy tumani 1-son kasb-hunar maktabi “Lochin” jamoasi;
  • 2-oʻrin — Sariosiyo tuman abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi “Sogʻlom Avlod” jamoasi;
  • 3-oʻrin- Muzrabot tumani xizmat koʻrsatish texnikumi “Chegarachilar”  jamoasiga nasib etdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti