Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida shonli sana

0
2917

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti nafaqat oliy harbiy ta’lim muassasalari, balki yurtimizdagi o‘quv dargohlari orasida boy tarixi, shonli an’analari bilan o‘ziga xos obro‘ga ega ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Bugun, 16-noyabr kuni mazkur oliy harbiy ta’lim muassasasi tashkil topgan kun tantanali ravishda nishonladi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimiz sarhadlari daxlsizligi va tinchligini ta’minlashga qodir malakali harbiy kadrlar tayyorlashda mazkur bilim yurti o‘ziga xos nufuzga va o‘ringa egalini ta’kidlashdi.

Tadbirda bilim yurti tashkil topgan kun munosabati bilan ta’lim yo‘nalishida muvaffaqiyatlarga erishgan, o‘z xizmat vazifalariga sidqidildan yondashib o‘quv-tarbiya jarayonlarini takomillashtirishda faol ishtirok etayotgan bir guruh harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar xizmatchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda xushovoz xonandalar tomonidan konsert dasturi bayramga yanada tantanavor ruh bag‘ishladi.

Barchinoy Sindarova, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti