JANGOVAR TAYYORGARLIK MASHGʻULOTLARI UZLUKSIZ OʻTKAZILMOQDA

13

Bugun zamon yangicha uslub va taktikalarni talab etayotgan paytda milliy armiyamizning sheryurk oʻgʻlonlari ham mashgʻulotlar jarayonlarida yangiliklarni amalga tatbiq etib, mahoratlarini sinovdan oʻtkazishmoqda.

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi Andijon garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlari bilan uzluksiz shugʻullanib kelyapti.

Asosan ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish, muhandislik tayyorgarligi, togʻ va otish tayyorgarligi mashgʻulotlaridan rahbariy hujjatlarni oʻrganish boʻyicha uslubiy izlanishlar amalga oshirildi.

Har qanday amaliy harakatlar vaqtida shaxsiy gigiyenaga eʼtibor qilinib, kimyoviy radiatsion, kimyoviy biologik muhofaza qoʻshinlari tomonidan dezinfeksiya ishlari olib borilib, mashgʻulotlar tashkillashtirildi.

Bundan koʻrinib turibdiki, bizning harbiy xizmatchilarimiz oʻz masʼuliyatli burchlarini sidqidildan ado etib, jangovar tayyorgarlik orqali kasbiy koʻnikmalarini oshirmoqda.

Oshirilgan tajriba va koʻnikmalar miliy armiyamiz jangovar salohiyatini mustahkamlashga katta hissa qoʻshadi.

Sharqiy harbiy okrug matubot xizmati