Harbiy xizmatchilar dezinfeksiya va targʻibot tadbirlarida faol

10

Bugungi kunda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari xarbiy xizmatchilari tomonidan koronovirusga qarshi kurash boʻyicha oʻtkazilayotgan oʻquv mashgʻulotlari okrug hududidagi barcha maskanlarda izchil olib borilmoqda.

Jumladan, Namangan garnizoni harbiy xizmatchilari ham viloyatning barcha shahar va tuman markazlari, mahallalar, bozor, bekat va boshqa odamlar gavjum joylarda muntazam ravishda dezinfeksiya-tozalash va targʻibot ishlarida faollik koʻrsatishmoqda.

Oʻquv mashgʻulotlari hududlarning barcha mutassaddi tashkilotlari bilan hamkorlikda, uyushqoqlik bilan oʻtkazilyapti. Chunki birlashgan oʻzar, deganlar. Birgalikda biz kuchmiz. Pandemiya ustidan albatta, gʻalaba qozonamiz.

Biz siz uchun xizmatdamiz!

Sizlar esa uyda qoling!

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati