Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi tomonidan blok-postlar holati tekshirildi

8

6-aprel kuni Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi tomonidan Samarqand shahriga kirish-chiqish hamda vaqtincha oʻrnatilgan shahar markazlaridagi blok-postlar holati tekshirildi.

Dastlab, okrug qoʻmondoni Samarqand shahridagi dizenfeksiya ishlariga jalb qilingan boʻlinma va maxsus texnikalarda olib borilayotgan ishlar qamrovi bilan tanishdi.

Shundan soʻng, maxsus texnikalar va koʻngilli harbiy xizmatchilar tomonidan bozorlar, maishiy savdo doʻkonlari, koʻpqavatli binolarda tozalash ishlari olib borildi.

Shundan soʻng, okrug qoʻmondonligi tomonidan vaqtincha oʻrnatilgan blok-postlardagi nazorat va Kuchishlatar tuzilmalari vakillarini ruhiy holati oʻrganildi. Ularga xizmatni olib borishda sergaklikni qoʻldan boy bermay shu bilan birga aholini xavfsiziligi va sogʻligʻiga eʼtiborli boʻlish lozimligi taʼkidlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati