Yurt oʻgʻlonlari salomatligi doimo eʼtiborda

11

Hozirgi vaqtda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha koʻplab ishlar olib borilmoqda. Bu borada harbiy sohada ham bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilyapti.

Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlarning birida ushbu kasallikka qarshi kurash burchaklari tashkil etilib, targʻibot materiallari bilan jihozlandi. Harbiy qismlarda oʻz xizmat faoliyatini olib borayotgan yurt oʻgʻlonlari bu daʼvatga binoan doim salomatliklariga chuqur eʼtibor berib kelishmoqda. Oʻz oʻrnida tibbiyot xodimlari ham harbiylarga nazariy va amaliy yoʻriqnomalar va tushuntirish ishlarini berib kelshyapti.

Kasallik tarqalishiga qarshi qoʻllanilayotgan bunday choralar albatta harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari sogʻligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati