Harbiylar karantin davrini oʻtayotgan yurtdoshlarimizga kitoblar sovgʻa qilishdi

10

Mamlakatimizda kechayotgan karantin davrida fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash, ularga kerakli koʻmak berish maqsadida qator targʻibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ham bu jarayonda faol. Yaqinda harbiylar yana bir xayrli tadbirni amalga oshirdi.

Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtining “koʻngillilar guruhi” va Chirchiq harbiy prokuraturasi Chirchiq umumqoʻshin poligonida tashkil etilgan dala sharoitidagi harbiy tibbiy gospitalda karantin davrini oʻtayotgan yurtdoshlarimizga 200 dan ortiq jahon va oʻzbek adabiyoti namunalaridan iborat kitoblar toʻplamini sovgʻa qildi. Maqsad hamyurtlarimizning boʻsh vaqtlarni mazmunli oʻtkazish, ularga ruhiy madad boʻlish, qoʻllab-quvvatlashdir.

Shuningdek, karantin davrini oʻtayotgan fuqarolarimizga oʻz bilim va mahoratlarini ayamay xizmat koʻrsatayotgan fidoyi shifokorlarga minnatdorlik bildirildi.

Mamlakatimizda Davlatimiz rahbariyati tomonidan koronavirus epidemiyasini bartaraf etish choralari koʻrilyapti. Bu jarayonda hissa qoʻshayotgan harbiy xizmatchilarning fidoyi xizmatlari yurtdoshlarimizning eʼtirofiga sabab boʻlmoqda.

Mudofaa vazirligi tomonidan olib borilayotgan targʻibot tadbirlari davom etmoqda.

Mayor Shunqor BOʻRIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy komunikatsiyalar demartamenti