Harbiy xizmatchilar xayriya tadbirlarida ham faol boʻlishmoqda

7

Yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Biz sizga koʻmak beramiz, siz esa uyda qoling” shiori ostidagi xayriya tadbirlarida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi harbiy xizmatchilari ham faollik koʻrsatishmoqda.

Jumladan, kuni kecha bir guruh harbiy xizmatchlar Samarqand shahrining “Vatanparvar” mahallasi va viloyatning chekka qishloqlarida istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan, keksa va koʻmakka muhtoj oilalarga oziq-ovqat maxsulotlari hamda tibbiy zarur vositalar ulashdi.

Bundan koʻmakka muhtoj fuqarolarimizning koʻngli shod boʻldi va Markaz qoʻmondonligiga oʻz minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Xayrullo OʻLMASOV, Markaz press-attashesi