Fidoyi xizmatlar munosib eʼtirof etilmoqda

16

Yurtimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish borasida amaliy ishlar kuchaytirilgan. Milliy armiyamizning mard, jasur oʻgʻlonlari ham karantindagi fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda fidoyilik koʻrsatmoqda.

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining alohida buyrugʻiga asosan Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida joylashgan karantindagi fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun jalb qilingan harbiy xizmatchilarni tantanali ravishda ragʻbatlantirish tadbirlari davom etmoqda.

Jumladan, bugun Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik Shuhrat Abdullayev karantindagi fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun jalb qilingan va belgilangan muddatni oʻtagandan soʻng vaqtincha shifokorlar nazoratida boʻlib turgan bir guruh harbiy xizmatchilarni ragʻbatlantirish maqsadida Fargʻona harbiy gospitaliga keldi.

Unda okrug qoʻshinlari qoʻmondonining harbiy xizmatchilarni ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi buyrugʻi oʻqib eshittirildi.

Buyruqqa binoan oʻz xizmat majburiyatlarini sidqidildan bajargan bir guruh harbiy xizmatchilar navbatdagi harbiy unvon, faxriy yorliq va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati