Dezinfeksiya qilingan hududlar aholisi harbiylardan minnatdor boʻlishmoqda

9

Dunyo boʻylab tobora globallashib borayotgan koronavirus infeksiyasi mamlakatimizga ham oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda. Unga qarshi kurashishda harbiy xizmatchilar ham jonbozlik koʻrsatib kelishyapti.

Vatandoshlarimiz karantin qoidalariga qatʼiy amal qilib, virus tarqalishiga qarshi birdamlikda kurashmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi Radiatsion kimyoviy biologik muhofaza sikli va tibbiyot xizmati mutaxassislaridan tuzilgan dezinfeksiya guruhi Markaz hududi va unga tutash mahallalar hamda xonadonlarni dezinfeksiya qilishdi hamda tushuntirish ishlarini olib borishdi.

Amalga oshirilgan mazkur chora-tadbirlardan mamnun boʻlgan fuqarolar harbiylarga oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi. Bu kabi tadbirlar mamlakatimiz boʻylab davom ettirilmoqda.

Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Xayrullo OʻLMASOV, Markaz press-attashesi