20 mingdan ortiq samarqandlik yoshlarni birlashtirgan festival

0
870

“Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi eng katta festivallardan biri Samarqand shahridagi Turizm markazida bo‘lib o‘tdi.

Festivalning badiiy qismini Samarqand garnizoni harbiy orkestr jamoasi Vatnanni, mardlik va jasurlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlari bilan boshlab berdi. Harbiy xizmatchilardan iborat faxriy qorovulning ko‘rgazmali saf chiqishlari esa 20 mingdan ortiq samarqandliklarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Shundan so‘ng, Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, sektor rahbarlari va qator tashkilotlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalshda jonbozlik ko‘rsatgan hamda tanlovlarda g‘olib bo‘lgan yoshlar va faol soha xodimlari taqdirlandi. 

Festival poytaxtimizdan tashrif buyurgan san’atkorlarning gala-konsertiga ulanib ketdi.  

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting