Okrug qo‘mondonligi tomonidan yoshlarning muammolari o‘rganildi

0
1340

Joriy yilning 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazivalar ijrosi Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi tomonidan joylarda amalga oshirilmoqda.

Xususan, okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkurafiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Nuriddin Kadirov Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi “Fayziobod”, “Qo‘shbarmoq” hamda “Ziyokor” MFYlarda, jangovar tayyorgarlik bo‘yicha qo‘mondon o‘rinbosari polkovnik Dilmurod Yuldashov Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Yangiobod” MFY hamda “Ko‘mirchi” va “Tasmachi” qishloqlarida, qurol-aslaha bo‘yicha qo‘mondon o‘rinbosari polkovnik Farruxjon Kadirov Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi “Yangi hayot”, “Rabot”, “Tojikon” hamda “So‘fiyon MFYlarda bo‘lib, yoshlar va mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Joylarga tashrifar davomida viloyat va tuman Mudofaa ishlar bo‘limi bilan yoshlarni toifalar bo‘yicha xatlovdan o‘tkazish, xonadonlarda nogironligi bor fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqilib, ularning oilaviy ahvoli o‘rganildi. Jumladan, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, profilaktik hisobdan chiqarish, oliy harbiy bilim yurtlariga jalb etish va bandligini ta’minlash masalalari yoshlar va ularning ota-onalari bilan muhokama etildi.

Yakunda biriktirilgan yoshlarning ota-onalariga farzandlarining hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish rejalari yuzasidan xatlar yetkazildi. Shuningdek, nogironligi va surunkali kasalligi bor bo‘lgan yoshlar uchun tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting