Qo‘mondonlikda “Yoshlar oyligi” yuqori saviyada o‘tkazilmoqda

0
1639

Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida keng qamrovli harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Karmana tumanida joylashgan harbiy qism targ‘ibot guruhi  Navbahor tumanidagi viloyat bolalar sihatgohida bo‘lib, bolajonlar birlan bir qator tadbirlar tashkil qildi. Sihatgohda bolajonlar ishtirokida 10 ga yaqin sport bellashuvlari va ijodiy tanlovlar o‘tkazildi. Harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi chiqishlari va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi ham shular jumlasidan.

Shuningdek, qo‘mondonlik tasarrufidagi Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida joylashgan harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi. Unda Nuriston qo‘rg‘onidagi yoshlar qamrab olindi. Ertamiz egalari tadbir doirasida harbiy qismda mavjud tarix muzeyi, sport shaharchasi, ponaramali o‘q otish xonasi, yotoqxonalar va harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash va ularning madaniy hordiq olishlariga qaratilgan tadbirlar doimiy ravishda amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, Qo‘shrobod tumanida joylashgan harbiy qismda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan  Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi.

O‘tkazilayotgan bu kabi keng ko‘lamdagi tadbirlar yoshlarimizning harbiylik kasbini egallashga bo‘lgan ishtiyoqlarini yanada oshirishga xizmat qilayotgan bo‘lsa ajabmas.

Qo‘mondonlik miqyosida “Yoshlar oyligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti

 

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting