Xizmatni oʻtab boʻlgan askarlar maxsus reys bilan oʻz uylariga kuzatilmoqda

12

Bugun, 27-mart kuni Markaziy harbiy okrugida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan askarlarni oʻz uylariga kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi.

Aslida askarlarni uylariga kuzatish tadbirlari 20-martdan 10-aprel kuniga qadar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan edi. Xavfli infeksiya sabab, faqat bir kun 27-mart kuni respublikamizning barcha yoʻnalishlari boʻylab, maxsus reyslar yoʻlga qoʻyiladi.

Tadbirda okrug qoʻmondoni polkovnik Aybek Saidov, harbiy qism shaxsiy tarkibi, Samarqand garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy orkestri ishtirok etdi.

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Samarqand, Jizzax hamda Navoiy garnizonlarida bir yillik xizmatni oʻtgan jami 280 nafar askarga oliy harbiy taʼlim muassasasiga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma berildi. Ulardan 40 nafari oʻz istagiga koʻra, shartnoma asosida harbiy xizmatga qoldi. Yangi tashkil etilgan Sport vzvodida xizmat qilgan 10 ga yaqin sportchi askarlar okrug hamda mudofaa vazirligi nomidan Xalqaro toifadagi sport musobaqalarida qatnashib, sovrindor boʻldi.

Okrug qoʻmondonligi oʻz oilasi bagʻriga qaytayotgan askarlardan mahalla-kuy va yaqinlar oldida ziyofat uyushtirmaslikni soʻradi.

Muddatli harbiy xizmatchilar maxsus reys bilan bugun tunda, qaʼtiy nazorat ostida Samarqand-Toshkent-Anjidon hamda Buxoro-Nukus yoʻnalishida oʻz uylariga kuzatiladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati