Markaziy harbiy okrug boʻlinmasi Qozogʻistondan kelgan 1157 nafar oʻzbekistonliklarni xavfsizligini taʼminlashga jalb qilindi

11

Kecha, 25-mart kuni 1157 nafar Oʻzbekiston fuqarosi temiryoʻl orqali Qozogʻiston Respublikasidan Samarqand shahriga olib kelindi.

Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, viloyat hokimligi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi hamda soha mutaxassislari tomonidan hamyurtlarimiz qisqa fursatda Samarqand shahrida vaqtincha tashkil etilgan karantin maskaniga joylashtirildi.

30 ga yaqin shifokorlar tomonidan sogʻligʻi tekshirilgan yigit-qizlar, ayollar hamda bolalar oʻzlari uchun ajratilgan hamda dizenfeksiya qilingan shinam xonalarga joylashtirildi.

Karantindagi fuqarolarni xavfsizligini taʼminlash maqsadida Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari tomonidan patrullik qoʻriqlovi tashkil etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati