Jizzax garnizonida harbiy xizmatchilar aholiga tibbiy niqob va tashviqot materiallari tarqatmoqda

5

Bugun, 26-mart kuni Markaziy harbiy okrugiga qarashli Jizzax garnizonida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda xavfli infeksiyaning oldini olish boʻyicha targʻibot tadbirida ishtirok etdi.

Tadbir doirasida 2000 ga yaqin aholiga tibbiy niqoblar tarqatildi. Koʻrinishi qulay boʻlgan joylarga, bekat hamda koʻcha va binolarga koronavirus epidemiyasi tarqab ketishining oldini olishga qaratilgan targʻibot bannerlari va qogʻozlarini oʻrnatishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati