Fargʻona shahridagi harbiy qismda koronavirusning oldini olish boʻyicha qatʼiy chora-tadbirlar belgilangan

4

Yurtimizda Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish, uning profilaktikasi boʻyicha amaliy ishlar kuchaytirilgan. Milliy armiyamizning jasoratli oʻgʻlonlari ham bu ishlarda shijoat koʻrsatayotgani eʼtiborli. Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizonidagi harbiy qismlarning biriga borganimizda, bu yerdagi karantin holati yaxshi tashkil etilganiga guvoh boʻldik.

Harbiy qismning doʻkonlaridagi narx-navolar harbiy prokuratura nazoratida. Oshxona, kutubxona va boshqa harbiylarning gavjum joylaridagi sanitar holat ham kuchli kuzatuvda ekanligiga guvoh boʻlish mumkin.

Albatta, bu “tojdor” virusga qarshi barchamiz yakdil va hamjihat boʻlib kurashar ekanmiz, ijobiy natijani qayd etishimiz shubhasizdir. Soha mutaxassislarining har bir koʻrsatma va tavsiyalariga amal qilishimiz esa foydadan holi emas.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati