“DOʻST BOʻLSANG YONIMDA TUR”

5

Xalq boshiga ish tushdi. Bu chinakam maʼnoda butun dunyo xalqlari uchun katta sinov boʻlmoqda. Oʻzbek xalqi ham bu kunlarni yengib oʻtishga majbur. Xalqimiz iroda koʻrsatmoqda. Koronavirusning butun mamlakat boʻylab tarqalib ketmasligi uchun hukumat darajasida barcha zarur choralar koʻrilayotir.

Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari poytaxtimizda joylagan Ecobozor savdo majmuasida boʻlib, yurtdoshlarimizga bepul niqob va koronavirusdan saqlanish boʻyicha toʻliq maʼlumot beruvchi tarqatma materiallar ulashdi.

Yashirib nima qildik. Mana shunday ogʻir kunlarda xalqning umumiy dardidan foydalangan “uchar tadbirkorlar” ham yoʻq emas. Ular tibbiy niqoblar narxini sunʼiy oshirib, moʻmay daromad koʻrayotgan bir paytda Vatan himoyachilarining bu kabi ezgu ishi, albatta, koʻngillarga iliqlik olib kiradi. Gap niqoblar soni-yu, hudud qamrovida ham emas. Hamma gap koʻngildagi toza va samimiy niyatda!

Islom QOʻCHQOROV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti